Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Million ruminiyalik ko‘chalarga chiqdi

Million ruminiyalik ko‘chalarga chiqdi

Ruminiya poytaxtida amaldagi hukumat siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishi o‘tkazilmoqda. "Milliy qadr-qimmat namoyishi" deb nomlangan aksiyaga bir millionga yaqin kishi to‘plandi.

Ishtirokchilar "erkin saylovlar" uchun va amaldagi hukumat boshlig‘i Marsel Cholak davrida avj olgan korrupsiyaga qarshi chiqmoqdalar. Namoyishchilarning bir qismi prezidentlikka nomzod Kelin Jorjeskuning suratlarini ko‘tarib kelgan. Mitingda qatnashayotgan Jorjeskuning o‘zi mamlakat prezidenti lavozimi uchun kurashni davom ettirishini ma’lum qildi. Siyosatchi yig‘ilganlarga o‘zini qo‘llab-quvvatlagan 300 ming imzo uchun minnatdorchilik bildirdi.

Namoyishni "Ruminiyaliklar birlashuvi uchun ittifoq" partiyasi tashkil etgan. Namoyishchilarning asosiy talablari orasida hokimiyatni almashtirish, siyosiy islohotlar o‘tkazish, shuningdek, muxolif siyosatchilarni ta’qib qilishni to‘xtatish bor.

Kiritildi: 23:34 01.03.2025. O'qildi: 1437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!