1970 yilgi Jahon chempionati tarixida nafaqat gollar, balki sport marketingini butunlay o‘zgartirib yuborgan bir voqea sodir bo‘lgan.
Voqea qanday bo‘lgan edi?
O‘shanda Puma kompaniyasi afsonaviy Pele bilan 1 million dollarlik maxsus shartnoma imzolaydi. Lekin shart juda oddiy va g‘alati edi.
Reja:
Pele o‘yin boshlanishidan oldin, hakam hushtagi chalinishi arafasida to‘xtashi va sekinlik bilan butsalarining bog‘ichini bog‘lashi kerak edi.
Natija:
Butun dunyo nigohi maydon markazidagi qirolga qaratilgan bir paytda, stadiondagi barcha operatorlar Pelening bog‘ich bog‘lashini yaqin planda ko‘rsatishadi. Milliardlab odamlar ekranda Puma logotipini ko‘rishadi.
Bu nimaga olib keldi?
Bu lahza futbol tarixidagi eng kuchli tijoriy yurishga aylandi.
Puma kompaniyasining savdosi o‘sha yili 300% ga o‘sdi va brend uchun rekord natijani qayd etdi.
Nemis brendining bu ayyorligi haligacha marketing darsliklarida eslab o‘tiladi.