Evropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya rasmiylari Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish pozisiyasida bo‘lgan jurnalistlar va siyosatchilarni ta’qib qilmoqda. Jurnalist Jonni Miller shunday fikr bildirdi.
"Buni hamma biladi. Bu jurnalistika, ilmiy doiralar va siyosatda sodir bo‘ladi. Agar siz Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi yaxshi munosabatlarni targ‘ib qilsangiz - ular sizni olib ketishadi. Sizning karyerangiz barbod bo‘ladi," - deya ta’kidladi u X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida.