Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Millatlar Hamdo‘stligi yetakchilari tashkilotning yangi bosh kotibini sayladi

A A A
Millatlar Hamdo‘stligi yetakchilari tashkilotning yangi bosh kotibini sayladi

Hamdo‘stlik yetakchilari tashkilotning yangi bosh kotibi etib Gananing amaldagi tashqi ishlar vaziri Shirli Ayorkor Botchveyni tanladi.

Bu haqda tashkilotning "X" ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida e’lon qilingan xabarda aytilgan.

"Bugun Hamdo‘stlik hukumatlari rahbarlari Hamdo‘stlikning yangi Bosh kotibi etib hozirda Gana tashqi ishlar va mintaqaviy integrasiya vaziri bo‘lgan hurmatli Shirli Ayorkor Botchveyni sayladilar", — deyiladi xabarda.

Millatlar Hamdo‘stligi 53 mustaqil davlatdan iborat ittifoq bo‘lib, unga Buyuk Britaniya va uning deyarli barcha sobiq dominionlari, mustamlakalari va protektoratlari, shuningdek, Mozambik va Ruanda kiradi. Hamdo‘stlik mamlakatlari aholisining umumiy soni ikki milliard kishidan oshadi. Hamdo‘stlik rahbari Britaniya monarxi hisoblanadi.

Kiritildi: 09:52 26.10.2024. O'qildi: 720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!