2025-yil 30-iyundan boshlab, Rossiyaga kiruvchi xorijiy fuqarolardan biometrik ma’lumotlar – barmoq izlari va yuz tasvirini olish talab etiladi. Bu qoidalar barch chegara punktlarida amal qilinadi.
Vizasiz kiruvchi xorijiy fuqarolar biometriyani oldindan maxsus ilovada topshirishlari va tashrif maqsadlari haqida ma’lumot taqdim etishlari mumkin.
Shuningdek, 2024 yil 1 dekabrdan boshlab, Moskva va Podmoskovedagi xalqaro ayeroportlarda hamda Orenburg viloyatidagi "Mashtakovo" avtomobil chegarasida biometriya topshirish tartibi joriy qilingan.
O‘zgarishlardan ozod qilinganlar:
- Belorus fuqarolari
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar
- Diplomatlar va ularning oilalari
- Xalqaro tashkilotlar xodimlari va ularning oilalari