Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Microsoft Word, Exel va PowerPoint’ni bitta ilovada birlashtirdi

Microsoft Word, Exel va PowerPoint’ni bitta ilovada birlashtirdi

Microsoft Word, Exel va PowerPoint muharrirlarining imkoniyatlarini birlashtirgan Android uchun Office dasturini taqdim etdi, deb xabar bermoqda «Kommersant’». Uni Play Market orqali yukab olish mumkin.

«Microsoft’ning yangi mobil ilovasida Word, Exel va PowerPoint imkoniyatlari birlashtirilgan, shuningdek, mobil qurilmalar uchun yangi funksiyalar taqdim etilgan bo‘lib, u telefoningizdagi asosiy ofis ilovasiga aylanadi», — deyiladi kompaniya taqdimotida.

Ilovaga yangi funksiyalar qo‘shilgan bo‘lib, ular orasida foto hujjatlarni matnga yoki jadvalga o‘tkazish yoki ularni PowerPoint’ga qo‘shish imkoniyati ham bor.

Fayllarni PDF’ga aylantirish, bulutdagi hujjatlar bilan ishlash, shuningdek, boshqa Microsoft xizmatlari bilan integrasiyalash ham ko‘zda tutilgan.

Ilovani sinovdan o‘tkazish 2019 yilning noyabridan boshlangan. Microsoft saytida aytilishicha, Office IOS uchun ham sinovdan o‘tkazilmoqda. Uning AppStore’da qachon paydo bo‘lishi esa ma’lum qilinmagan.

Kiritildi: 20:06 19.02.2020. O'qildi: 1884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!