Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Microsoft korporasiyasiga nisbatan keng ko‘lamli monopoliyaga qarshi tekshiruv boshlandi

A A A
Microsoft korporasiyasiga nisbatan keng ko‘lamli monopoliyaga qarshi tekshiruv boshlandi

AQSh Federal Savdo Komissiyasi (FTC) Microsoft korporasiyasiga nisbatan keng ko‘lamli monopoliyaga qarshi tekshiruv boshladi — Bloomberg.

Tekshiruv kompaniya faoliyatining turli jihatlariga, jumladan, bulutli hisoblash, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt sohasidagi ishlanmalarga tegishli.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, FTC kiberxavfsizlik bilan bog‘liq hodisalaridan keyin Microsoft ni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Kompaniya yirik davlat pudratchisi bo‘lib, AQShning ko‘plab agentliklariga, jumladan, Pentagonga milliardlab dollarlik dasturiy ta’minot va xizmatlarni taqdim etadi.

"Microsoft'ga yuborilgan maktubda FTC tergov jarayoniga yordam beradigan ma’lumotni so‘radi", deya xabar beradi CNN masaladan xabardor manbaga tayanib.

Federal Savdo Komissiyasi va Microsoft holatga izoh berishdan bosh tortdi.

Kiritildi: 08:42 28.11.2024. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!