Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

MIBchilar “Tesla” mashinasini jarima maydonchasiga qo‘ydi

A A A
MIBchilar “Tesla” mashinasini jarima maydonchasiga qo‘ydi

Da’vogar MCHJning javobgar fuqaroga nisbatan qarz undirish, undiruvni garov mulkiga qaratish haqidagi arizasi ko‘rib chiqildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining shu yil 4 sentyabrdagi da’voni ta’minlash maqsadida “Tesla” rusumli avtotransport vositasini xatlash va jarima maydonchasiga joylashtirish to‘g‘risidagi ajrimi Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi davlat ijrochisi YU.Bozorovaning ish yurituviga kelib tushgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida davlat ijrochisi tomonidan mazkur avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi va sudning ajrimi ijrosi ta’minlandi.

Kiritildi: 21:59 27.09.2023. O'qildi: 1617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!