Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash,har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
Majburiy ijro byurosi xodimlari ham ushbu sana munosabati bilan Respublikamiz bo‘ylab kelajagimiz egalari bo‘lmish bolalarning yozda ta’tilni maroqli o‘tkazishi, jahon, o‘zbek va yoshlar, adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida, «Bolaga kitob bering!» chellenjini boshladi.
Jumladan, Byuroning markaziy apparati bo‘lim bosh inspektori M.Xomidlov hamda Yunusobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi X.Muzaffarovlar tumanda yashayotgan bolalarga turli jahon va yoshlar adabiyotlarini “Dunyo daholari: Stiv Jobs”, “Dunyo daholari: Albert Enshteyn” va “Kichkina shahzoda” nomli adabiyotlarni hadya etishdi.
Bu kabi kitob ulashish chellenj tadbirlari poytaxtimiz bo‘ylab davom etmoqda.