Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

MIB qo‘qonlik kelin sepini ham olib berishga aralashdi

A A A
MIB qo‘qonlik kelin sepini ham olib berishga aralashdi

“Qiziq-a? Kelinni sepini bermayman deydiganlar ham bor ekan.” hamda

“YANA O‘SHA MOJARO” deb nomlangan xabarlar bizning kanalda joylashtirilgan edi.
Bu ikki mavzu ham ajrashgan yosh oilalarning kelin bo‘lib tushgan xonadonidan seplarini majburiy tartibda MIB aralashuvi yordamida undirilishi edi.

Biroq bu safar esa 10 yillik turmushdan so‘ng er-xotinning jiddiy sabablarsiz ajralishi va o‘ziga qadrli bo‘lgan xonadonidan birgalikda ishlab topgan buyumlarning o‘rtada bo‘linishi va undirilishi haqida so‘z boradi.

Jamiyatimizning eng achinarli holati bu yosh oilalarning ajralishi deb bilamiz, ammo 10 yillik oilalarga nima bo‘lmoqda?

Muqaddas sanalmish bir oilaning taqdiri shu tariqa yakun topishiga kim aybdor?

Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvida, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 29.11.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan javobgar D.M. tomonidan da’vogar N.S foydasiga 7 turdagi mulklarni olish belgilangan bo‘lib, javobgarga bir necha marotaba ogohlantirish berilgan bo‘lsa-da, sud qarorini ixtiyoriy bajarmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlari davlat ijrochilari tomonidan olib borildi.

Natijada majburiy ijro harakatlari davomida da’vogarning mulklari davlat ijrochilari tomonidan olib berildi. Shuningdek, ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.

Biroq, bu hammasi emas Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limiga yashash xonadonni ham bo‘lish yuzasidan ijro hujjati kelib tushdi bu haqda keyingi xabarlarimizda tanishasiz ...

Kiritildi: 22:55 01.06.2024. O'qildi: 1828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!