AOKAda o‘tkazilgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov amalga oshirilgan ishlar va ijro etish sohasida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi:
🔵Byuroning axborot texnologiyalari yordamida masofaviy ishlaydigan 15 ta tumanlararo bo‘limlari tomonidan majburiy ijro harakatlari o‘tkazilmasdan va fuqarolarning mol-mulklariga daxl qilmagan holda, 588,6 mlrd. so‘mlik 1,6 mln.ta hujjatlarning ijrosi ta’minlandi.
🔵Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan bog‘liq jamg‘armalariga 798 mlrd. so‘m yoki o‘tgan mos davrga nisbatan 121 mlrd. so‘m ko‘p mablag‘ yo‘naltirildi.
🔵Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga jami 1,4 trln. so‘m aliment pullari undirilgan.
🔵“Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi hisobidan 1.492 nafar undiruvchilar foydasiga voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 31,3 mlrd. so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.
🔵Ishsiz aliment to‘lovchilarning 19 ming 638 nafari ishga joylashtirildi, 10 mingdan ortiq oilalarning yarashtirilishiga erishildi.