Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Metro-Goldwyn-Mayer” kinostudiyasi sotuvga qo‘yildi

A A A
“Metro-Goldwyn-Mayer” kinostudiyasi sotuvga qo‘yildi

“MGM Holdings” kinokompaniyasi “Metro-Goldwyn-Mayer” kinostudiyasini sotuvga qo‘yishini ma’lum qildi.

Bu haqda “Wall Street Journal” xabar bermoqda.

Gazetaning aniqlik kiritishicha, kompaniya “Morgan Stanley” va «LionTree LLC» investisiya banklari bilan hamkorlikda sotish jarayonini rasmiylashtira boshlagan.

Shu bilan birga, mutaxassislar kinostudiya xarajatlarini 5,5 milliard dollarga baholashmoqda.

Ta’kidlanishicha, “MGM Holdings” azaldan “Metro-Goldwyn-Mayer”ni sotmoqchi bo‘lgan, ammo korporasiya xaridorlar bilan narx bo‘yicha kelisha olmagan. Masalan, 2018 yilda kompaniya vakillari «Apple» bilan muzokaralar olib borishgandi.

Kiritildi: 05:30 24.12.2020. O'qildi: 2247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!