1 avgust kuni bosh vazir Abdulla Aripov prezident topshirig‘iga binoan yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda metan narxining yuqori chegarasini bekor qilish masalasi muhokama qilindi. Endilikda davlat bu sohada narx belgilashga aralashmaydi, narxni bozor belgilaydi.
Tadbirkorlarga narx belgilashda erkinlik berish “xohlagan ishni qilish imkoniyatini” anglatmaydi. Prezident hukumatga bozor mexanizmlarini joriy etish bilan birga, gaz narxining asossiz oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriq berdi.