Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Metall diplomatiyasi: Rossiya AQShni noyob metallar bozoriga chorlamoqda

Metall diplomatiyasi: Rossiya AQShni noyob metallar bozoriga chorlamoqda

Moskva Vashingtonga noyob metallar bo‘yicha o‘z bitimini taklif qilmoqchi.

Bu haqda Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi rahbari va prezidentning maxsus vakili Kirill Dmitriyev ma’lum qildi.

"Rossiyada noyob metallar zaxiralari Ukrainadagidan bir necha baravar ko‘p va ularning qazib olinishi iqtisodiy jihatdan ancha foydaliroq. Biz amerikalik hamkorlarimizni ushbu konlarga investisiya kiritishga chaqiramiz", — deya ta’kidladi Dmitriyev.

Avvalroq Vashington va Kiyev Ukrainadagi noyob metallar va zamonaviy sanoat uchun muhim bo‘lgan boshqa tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha maxsus investisiya fondini yaratish rejalari haqida e’lon qilgandi. Donald Tramp ushbu kelishuvni AQShning Ukrainaga harbiy yordami uchun kompensasiya sifatida ko‘rib chiqishini bildirgan edi.

Bitim 28 fevral kuni Vashingtonda AQSh va Ukraina prezidentlari ishtirokida imzolanishi rejalashtirilgan edi, ammo Tramp, vise-prezident Jey Di Vens va Zelenskiy o‘rtasida yuz bergan tortishuv tufayli bitimni imzolash muvaffaqiyasiz tugadi.

Kiritildi: 22:18 18.03.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!