Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Meta WhatsApp va Instagram’ni sotib olish bo‘yicha monopoliyaga qarshi ishda g‘alaba qozondi

Meta WhatsApp va Instagram’ni sotib olish bo‘yicha monopoliyaga qarshi ishda g‘alaba qozondi

AQShning Meta texnologiya korporasiyasi WhatsApp messenjeri va Instagram ijtimoiy tarmog‘ini sotib olgani yuzasidan AQSh Federal savdo komissiyasi (FTC) tomonidan qo‘zg‘atilgan monopoliyaga qarshi ishda yutib chiqdi.

Vashington okrugi sudyasi Jeyms Boasberg qarorida FTC Meta’ni “shaxsiy ijtimoiy tarmoqlar bozorida monopoliya yaratganlik”da ayblay olmaganini qayd etdi. Sudyaning ta’kidlashicha, komissiya Meta raqobatchi kompaniyalarni sotib olish orqali bozordagi ustun mavqeini noqonuniy saqlab qolganini ham isbotlay olmadi.

“Meta o‘tmishda monopol mavqega ega bo‘lgan-bo‘lmaganidan qat’i nazar, komissiya kompaniya hozir ham bunday mavqega ega ekanini isbotlashi kerak edi. Sud bu ayblovlar tasdiqlanmaganini aniqladi”, — deyiladi qaror matnida.

Shuningdek, sud Meta tegishli bozorda monopoliya darajasidagi nazoratga ega emas, degan xulosaga kelib, qarorni kompaniya foydasiga chiqardi.

FTC 2020 yilda Meta’ni 2012 yilda Instagram’ni 1 milliard dollarga va 2014 yilda WhatsApp’ni 19 milliard dollarga sotib olib, ijtimoiy media bozorida noqonuniy monopoliya shakllantirganlikda ayblab sudga murojaat qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 14:32. O'qildi: 194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!