AQShda sud Meta va Google kompaniyalarini ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilarda qaramlik (bog‘lanib qolish) uyg‘otgani uchun mas’ul deb topdi. Ushbu qaror presedent (o‘rnak) hisoblanadi va texnologiya gigantlari ilk bor tamaki ishlab chiqaruvchilar bilan qiyoslandi.
Da’voni KGM bosh harflari bilan tanilgan (Keyli ismli) ayol qo‘zg‘atgan. U bolaligidan YouTube va Instagramdan foydalanganini, natijada depressiya va o‘ziga zargar yetkazish holatlari yuzaga kelganini bildirgan.
Sud qaroriga ko‘ra, Meta 4,2 million dollar, Google esa 1,8 million dollar tovon to‘lashi kerak. Sudyalar kompaniyalar o‘z mahsulotlari qaramlik uyg‘otishini bilsalar-da, xavflarni yashirgan deb hisobladi.
Qarorda ta’kidlanishicha, muammo muayyan kontentda (mazmunda) emas, balki platformalarning mexanizmlarida — «cheksiz lenta», videolarning avtomatik ijro etilishi va tavsiya algoritmlaridadir.
Bu ish minglab shunga o‘xshash da’volar uchun yo‘l ochadi va kelajakda texnologik kompaniyalarga qarshi sud jarayonlari to‘lqini ortishi kutilmoqda.