«Meta» kompaniyasining Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo davlatlaridagi vakili Jorj Chen O‘zbekiston poytaxti Toshkentda qad rostlagan zamonaviy IT Park majmuasi haqida fikr bildirdi.
Uning yozishicha, O‘zbekiston — bir necha yil ichida Toshkentda yaxlit IT-xabga ega bo‘lish g‘oyasini tez amalga oshirgani hayratda qoldirdi.
«Hukumatning texnologiya va innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy startaplarni rivojlantirishga intilishi dadil va jiddiydir. O‘zbekiston IT Park`ining rasmiy shiori menga juda yoqadi — «Mahalliy boshla, dunyo bo‘ylab rivojlan». Shuningdek, O‘zbekiston IT Park startaplari uchun bir nechta Meta Quest 2 VR garnituralarini sotib olganini ko‘rib, xursand bo‘ldim. Ular keng va xilma-xil Markaziy Osiyo mintaqasida ham dolzarb mavzu bo‘lgan metaverseni rivojlantirish poygasida chetda qolishni istamaydilar», — deb yozadi «Meta» kompaniyasining Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo davlatlaridagi vakili.