Argentina milliy terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Urugvayga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Buenos-Ayresdagi "Bombonera" stadionida o‘tkazilgan bahsning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida urugvayliklar oldinga chiqib olishdi. 48-daqiqada Leonardo Balerdi to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.
Oradan olti daqiqa o‘tgach, Maksimiliano Arauxo Urugvayning ikkinchi golini urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
73-daqiqada Xulian Alvares Argentina terma jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
83-daqiqada argentinalik himoyachi Roman Vega zaxiradan maydonga tushdi.
Uchrashuv Urugvayning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
Argentina — Urugvay — 1:2 (0:0)
Gollar: Leonardo Balerdi (48, avtogol) — 0:1, Maksimiliano Arauxo (54) — 0:2, Xulian Alvares (73) — 1:2.