Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Messining xatosi tufayli Argentina muxlisi o‘lib ketishi mumkin edi, ammo...

Messining xatosi tufayli Argentina muxlisi o‘lib ketishi mumkin edi, ammo...

Rossiya matbuotining xabar berishicha, Moskvada ishlab yurgan yollanma ishchi Arastun Rustamov ismli shaxs Argentina va Islandiya o‘rtasida kechgan bahsda Messining jamoasiga pul tikkan.

Rossiya poytaxtiningDubrovka metrostansiyasi yaqinidagi Dubrovka bozorida bir do‘konni ijaraga olib, ishlab yurgan Rustamov yetishmovchiliklar sababli 300 ming rubl qarz bo‘lgan. Bundan tashqari, bukmekerlik kontorida garov o‘ynab, Argentina g‘alabasiga 100 ming rubl tikkan. Jami 400 ming rubl qarz bo‘lib qolgan Rustamov oxirgi chora deb o‘z joniga qasd qilishni mo‘ljallagan. Xabarda aytilishicha, argentinaliklarning nursiz o‘yinidan so‘ng Rustamov arqon ushlab ko‘chada ketayotganida tanishlari izidan tushgan va o‘z joniga qasd qilayotganida qutqarib qolishgan.

Mazkur xabarda Lionel Messi penaltidan gol ura olmaganiga ko‘proq urg‘u berilgan.

Kiritildi: 16:31 28.06.2018. O'qildi: 6988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!