Argentina milliy jamoasi va «Inter Mayami» klubi futbolchisi Lionel Messining Panini jurnali 2004/2005 yilgi mavsum to‘plamidan olingan kolleksiya kartochkasi Fanatics Collect onlayn-auksionida 1,5 million dollarga sotildi va rekord o‘rnatdi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, oldingi rekord 2022 yilda braziliyalik Pelening Alifabolaget kartochkasi tomonidan qayd etilgan. O‘sha paytda kartochka 1,33 million dollarga sotilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Messi Argentina tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchi va eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan rekordchi hisoblanadi. Leo 2023 yildan beri AQShning «Inter Mayami» klubi sharafini himoya qilmoqda.