Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Messiga taklif qilinadigan shartnomaning muhim bandi ma’lum qilindi

Messiga taklif qilinadigan shartnomaning muhim bandi ma’lum qilindi

"Inter Mayami" asosiy yulduzi - Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. Marca xabariga ko‘ra, MLS klubi Messiga uch yillik yoki undan ham uzoqroq muddatga shartnoma taklifini muhokama qilmoqda.

Ammo muhim nyuans bor - shartnomada shunday band yoziladiki, unga ko‘ra Messi istalgan vaqtda faoliyatini yakunlay oladi. Bu band argentinalik futbolchiga o‘ynashga kuchi va/yoki xohishi bo‘lmaganida futbolchilik faoliyatini yakunlash imkonini beradi. Shundan so‘ng Leo klubda boshqa ishda qolishi mumkin bo‘ladi. Qayd etilishicha, Messi "Inter Mayami" aksiyalari egasi hisoblanadi - bu 2023 yil yozida tuzilgan dastlabki shartnomada ko‘rsatilgan edi.

Xullas, Messi 2028 yil oxirigacha shartnoma imzolagan taqdirda ham, shuncha vaqt futbol o‘ynashi aniq emas. Hozir Leo 38 yoshda.

Kiritildi: 09:15 02.08.2025. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!