Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Messi yana bir tarixiy natijani qayd etdi

Messi yana bir tarixiy natijani qayd etdi

"Inter Mayami" forvardi Lionel Messi MLS doirasida "Orlando Siti"ga qarshi kechgan bahsda (4:2) jarima zarbasidan gol urib, yangi rekord o‘rnatdi.

38 yoshli futbolchi uchrashuvda dubl qayd etdi — uning 90-daqiqadagi ikkinchi goli to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasi orqali kiritildi. Inter Miami News Hub nashrining xabar berishicha, argentinalik yulduz 2008 yildan buyon har yili kamida bir marta jarimadan gol urib kelmoqda — ketma-ket 19 kalendar yili davomida. Bu jahon futbolidagi yangi rekorddir.

Lionel Messining jarima zarbalaridan gol urish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichi 2018 yilga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, o‘shanda u o‘nta standart vaziyatni golga aylantirgan edi.

Sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi 2023 yilning yozida "Inter Mayami" safiga kelib qo‘shilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!