Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Messi jahon chempionatida jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo‘yicha rekordni takrorladi

Messi jahon chempionatida jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo‘yicha rekordni takrorladi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionatida uzoq masofadan yo‘llangan zarbalar bilan gol urish bo‘yicha rekordchiga yetib oldi.

«Albiseleste»ning yulduz futbolchisi Jazoirga qarshi uchrashuvning 17-daqiqasida jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba berib, hisobni ochdi. Bu Messi uchun faoliyati davomida mundiallarda uzoq masofadan kiritilgan beshinchi gol bo‘ldi va u braziliyalik Rivelinoning rekordini takrorladi, deya xabar bermoqda Opta. Ushbu statistika 1966 yildan buyon yuritib kelinadi.

Umumiy hisobda 38 yoshli argentinalik hujumchining hisobida jahon chempionatlarida urilgan gollar soni 14 taga yetdi.

Kiritildi: 09:41 17.06.2026. O'qildi: 1018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!