Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Messi ham Niderlandiya bilan o‘yinni boshqargan Mateu Laosdan norozi

A A A
Messi ham Niderlandiya bilan o‘yinni boshqargan Mateu Laosdan norozi

Lionel Messi Niderlandiya – Argentina uchrashuvida ishlagan hakam ishini tanqid qildi.

Bosh hakam Antonio Mateu Laos JCH-2022 chorak finalida 15 ta sariq kartochka ko‘rsatib, Jahon chempionati rekordini o‘rnatdi. Argentinaliklar 8 ta ogohlantirish oldi, jumladan, PSJ hujumchisi ham.

"Juda g‘azablandim. O‘ylashimcha, bu shunday tugamasligi kerak edi. Men hakam haqida gapirmoqchi emasman. Siz haqqoniylikni talab qilasiz, keyin buning uchun jazolanasiz.

Biz o‘yin davomida juda qo‘rqdik, chunki uning kimligini bilardik. FIFA vaziyatni qayta ko‘rib chiqishi kerak. Siz darajaga to‘g‘ri kelmaydigan hakamni qo‘ymasligingiz kerak", – dedi Argentina sardori.

Kiritildi: 12:47 11.12.2022. O'qildi: 2210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!