«Inter Mayami»ning argentinalik yulduz hujumchisi Lionel Messi Adidas kompaniyasining «Messi +10» loyihasi doirasida istiqbolli 10 nafar futbolchini tanlab oldi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Messi 2026 yilda qo‘llab-quvvatlagan 10 nafar yosh futbolchi quyidagilar:
Erkaklar:
Tomas Aranda — «Boka Xuniors» (Argentina), 19 yosh.
Maks Dauman — «Arsenal» (Angliya), 16 yosh.
Zeyviyer Gozo — «Kristal Pelas» (AQSh), 19 yosh.
Xesus Rodriges — «Komo» (Ispaniya), 20 yosh.
Kes Smit — AZ (Niderlandiya), 20 yosh.
Xilberto Mora — «Tixuana» (Meksika), 17 yosh.
Jan Uzun — «Ayntraxt» (Germaniya), 20 yosh.
Ayollar:
Xloya Sarvi — «Chelsi» (Angliya), 17 yosh.
Jovanna Vaksman — «Lion» (Fransiya), 17 yosh.
Lotta Vrede — «Gamburg» (Germaniya), 18 yosh.
«Adidas ushbu avlodni “Keyingi bob shu yerda boshlanadi” shiori ostida taqdim etdi. Kampaniyaning markaziy qahramoni esa Messi hisoblanadi. Bu rasmiy reytingdan ko‘ra, yosh iste’dodlarni reklama qilishga qaratilgan tanlovdir. Biroq argentinalik yulduzning ushbu loyihada ishtirok etishi har bir futbolchiga bo‘lgan e’tiborni darhol oshiradi», — deb yozadi nashr.