"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi faoliyati davomida 400 ta assist qayd etdi.
38 yoshli argentinalik futbolchi bugun "Neshvill"ga qarshi o‘tkazilgan pley-off o‘yinining birinchi bo‘limida dubl qayd etgan bo‘lsa, tanaffusdan keyin Tadeu Alendening goliga assistentlik qildi - 4:0. Endi Messi hisobida 400 ta assist bor - futbol tarixida hali hech kim bu ko‘rsatkichga erishmagan.
Hujumchi "Barselona"da 269 ta, Argentina terma jamoasida 60 ta, "Inter Mayami"da 37 ta, "PSJ"da 34 ta golli pas bergan.
Lionel Messi 2023 yildan beri hozirgi jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Yaqinda "Oltin to‘p"ning sakkiz karra sohibi "lochinlar" bilan shartnomasini 2028 yil oxirigacha uzaytirdi.