Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Messi "Barselona"ning adolatsizligi haqida: "Men bunga loyiq edim"

Messi "Barselona"ning adolatsizligi haqida: "Men bunga loyiq edim"

MLSning "Inter Mayami" klubi bilan shartnoma imzolagan argentinalik hujumchi Lionel Messi o‘zi va "Barselona" o‘rtasidagi ko‘ngilsizlik haqida gapirdi.

"Barselona" bilan bo‘lgan voqea meni qiynaydimi? Biroz. Muxlislar bilan xayrlasha olmadim, xayrlashishim kerak edi. Men bunga loyiqman deb o‘ylayman. Mendan oldin ketgan o‘yinchilardek. Men ham xuddi shunday ketmoqchi edim. Chunki kimdir meni yomon odam deb o‘ylashi mumkin - shaxsan men muxlis bo‘lganimda, bu men uchun yoqimsiz bo‘lardi. Shu bois klubda yashagan, u bilan birga quvongan, azob chekkan insonlar bilan xayrlashmoqchi bo‘lgandim. Meni kechiring", - deya Messining so‘zlarini keltiradi Sport.es.

Messi "Barselona"da 18 yil (2003 yildan 2021 yilgacha) o‘ynadi. Argentinalik futbolchi Kataloniya jamoasi bilan 35 ta sovrin yutgan.

Kiritildi: 01:57 08.06.2023. O'qildi: 5105 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!