Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Messi «Barselona»dan ketish haqida o‘ylayapti?!

Messi «Barselona»dan ketish haqida o‘ylayapti?!

«Barselona» hujumchisi va sardori Lionel Messi rahbariyat bilan chiqqan ziddiyat tufayli jamoani tark yetish haqida o‘ylay boshladi. Bu haqda Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, Messi «ko‘k-anorranglilar» atrofidagi so‘nggi voqealardan g‘azablangan va mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin. Shuningdek, hujumchi yangi bosh murabbiy Kike Setenning mashg‘ulotlari intensivligidan qoniqmayotgani aytilmoqda, chunki hujumchi so‘nggi o‘yinlarni jarohat bilan o‘tkazdi.

Messi va klub sport direktori Erik Abidal o‘rtasidagi mojaro 5 fevral kuni ma’lum bo‘lgandi. Ta’kidlanishicha, Abidalning sobiq bosh murabbiy Ernesto Valverde va ayrim futbolchilarni tanqid qilganidan futbolchi qoniqmagan. Barselona prezidenti Xosep Bartomeu Messi va Abidal bilan telefon orqali gaplashish orqali mojaroni hal qilishga uringan.

 

Kiritildi: 19:50 06.02.2020. O'qildi: 4696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!