Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Messi Argentinada otasining dafn marosimida qatnashdi

Messi Argentinada otasining dafn marosimida qatnashdi

Argentina terma jamoasi kapitani Lionel Messi 9 avgust kuni otasi Xorxe Messi bilan so‘nggi bor xayrlashdi. Clarin xabar berishicha, marosim Argentinaning Rosario shahrida yaqin qarindoshlar va do‘stlar davrasida o‘tkazilgan.

Xorxe Messi juma kuni kechqurun uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 69 yoshga to‘lmasidan vafot etgan. 39 yoshli futbolchi dafn marosimida qatnashish uchun «Inter Mayami» ixtiyorini tark etib, AQShdan Argentinaga uchib kelgan.

Marosim El-Prado qabristonida bo‘lib o‘tdi. Xavfsizlik choralari kuchaytirilib, qabriston hududi ko‘p sonli qo‘riqchilar tomonidan o‘rab olingan. Xayrlashuv marosimi o‘tkazilgan ibodatxonaga faqat Messining oila a’zolari va eng yaqin do‘stlarigina kiritilgan.

Marosimdan so‘ng futbolchining aka-ukalaridan biri Rodrigo Messi qabriston hududini asosiy darvoza orqali tark etgan. Lionel Messi va uning oila a’zolari esa boshqa chiqish yo‘lagidan foydalangan.

Hozircha Messining «Inter Mayami»ga qachon qaytishi ma’lum qilinmagan.

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!