Ukrainadagi mojaro 5 iyun kuni AQShda Germaniya Federal Respublikasi kansleri Fridrix Mers va Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati rahbari Donald Tramp o‘rtasida o‘tkaziladigan uchrashuv mavzularidan biri bo‘ladi.
Bu haqda Germaniya hukumati matbuot kotibi Shtefan Kornelius ma’lum qildi. Uning so‘zlarini TASS agentligi keltirmoqda.
Ta’kidlanishicha, tomonlar shuningdek, Germaniya-Amerika munosabatlari, Yaqin Sharqdagi vaziyat va AQShning savdo siyosatini ham muhokama etadi.