Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainaga qurol yetkazib berish haqidagi ma’lumotlarni nashr etishni to‘xtatishga qaror qildi.
Shunday qilib, Germaniya 2022-yilning fevralidan iyunigacha amal qilgan maxfiylik siyosatiga qaytadi.Bu qaror “strategik noaniqlik” yaratish zarurati bilan izohlanadi: ya’ni dushman harbiy ustunlikka erishmaslik uchun qurol-yarog‘ yetkazib berish masalasida qorong‘ulikda qolishi kerak.
Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Aleksey Makeev bu qarorni olqishladi:
"Yaxshi shaxmatchi oldinda bir necha harakatlarni o‘ylaydi. U qilmaydigan narsa raqibiga keyingi harakatlari nima ekanligini aytishdir".
Ukrainaning sobiq elchisi Andrey Melnik boshqacha fikr bildirdi:
"Bu [Germaniya] hukumati 2022 yil bahorida harbiy yordamning etishmasligini yashirish uchun maxfiylikdan foydalangan paytdagi og‘riqli xotiralarni qaytaradi."