Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mers Trampga uni bobosining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasini sovg‘a qildi

Mers Trampga uni bobosining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasini sovg‘a qildi

Germaniya kansleri Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida AQSh prezidentiga hujjatning nemis va ingliz tillaridagi nusxasini sovg‘a qildi. Hujjatda Fridrix Trampning 1869 yilda Germaniyaning Kallshtadt qishlog‘ida tug‘ilganligi qayd etilgan.

Trampning bobosi 16 yoshida Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tgan, u yerda ismini Frederik Trampga o‘zgartirgan va oltin qazib oluvchilar yashovchi Klondayk hududidagi mehmonxonada boylik orttirgan. Trampning o‘zi hech qachon nemis kelib chiqishiga ega ekanligi haqida gapirmaydi, faqat onasining shotland ajdodlarini tilga oladi.

Germaniya kansleri, shuningdek, AQSh prezidentini tashrifi arafasida Kallshtadtga tashrif buyurishni taklif qildi. Donald Trampning oldingi prezidentlik davrida Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel ham Trampga xuddi shunday taklif bilan chiqqandi, lekin u hech qachon kelmadi.

Kiritildi: 08:55 07.06.2025. O'qildi: 676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!