Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Mers: "Bugun Rossiyaga qarshi sanksiyalar ishga tushadi, lekin AQSh faolroq bo‘lishi kerak"

Mers: "Bugun Rossiyaga qarshi sanksiyalar ishga tushadi, lekin AQSh faolroq bo‘lishi kerak"

Germaniya kansleri Fridrix Mers YEIning Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 18-paketi 26 iyundan boshlab ishga tushirilishiga ishontirdi.

U bu haqda NATO sammitida aytib o‘tgan.

"Moskvaga nisbatan iqtisodiy bosim darajasini oshirishimiz kerak. Yevropa Ittifoqi buni qilmoqda va bugun, nihoyat, 18-sanssiya paketi ishga tushadi. Ammo bu paketning o‘zi yetarli bo‘lmaydi, bizga sanksiyalarda AQSh faolroq ishtirok etishi kerak", - dedi Mers.

U AQSh Senati yaqin kunlarda Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ovoz berishiga umid bildirdi. Mersning aytishicha, u sammit doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgan va undan Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni shaxsan tasdiqlashni so‘ragan.

Kansler Rossiyaga iqtisodiy bosimni Ukrainadagi urushni tugatishning yagona yo‘li deb bilishini aytdi.

Kiritildi: 07:40 26.06.2025. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!