Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu intervyusida aytib o‘tdi.
"Men Nyu-Yorkka prezident Tramp bilan birga boraman," - deya izoh berdi Netanyaxu.
Avvalroq Nyu-Yorkning yangi meri Zohran Mamdaniy agar Netanyahu va Putin shaharga kelsa, Xalqaro jinoiy sudning orderiga muvofiq ularni hibsga olishga buyruq berishini aytgan edi.
Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish uchun order bergan.