Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Men diktatorman, ba’zan diktator kerak— Donald Tramp

Men diktatorman, ba’zan diktator kerak— Donald Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida qilgan nutqi bo‘yicha ijobiy fikrlar olganini aytdi. O‘sha nutqida u Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatish zarurligini ta’kidlagan edi.

"Yaxshi nutq bo‘ldi. Biz juda yaxshi fikrlar oldik. Bunga ishonolmayapman. Biz ijobiy fikrlar oldik, holbuki odatda bunday nutqdan keyin “u dahshatli diktator” deyishardi. Men diktatorman. Ammo ba’zan diktator kerak.

Lekin bu safar ular bunday deyishmadi. Endi bu sog‘lom mantiq deb qabul qilinmoqda. Hammasi sog‘lom mantiqqa asoslangan", — dedi AQSh prezidenti jurnalistlar bilan muloqotda.

Bundan bir yil oldin, Tramp prezidentlik lavozimidagi ilk kunida, 2025 yil 21 yanvarda, o‘zini diktator deb hisoblamasligini aytgan edi.

"Meni shunday atashlarini hatto tasavvur ham qila olmayman", — degandi Tramp.

Shundan so‘ng Tramp Zelenskiyni "diktator" deb atagan, biroq Putinga nisbatan bu atamani qo‘llashdan bosh tortgan edi. "Men bu so‘zni shunchaki ishlatmayman", — degandi u.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!