Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Meksikadagi festivalda Uruapan shahri meri Karlos Manso otib o‘ldirildi — El Pais

Meksikadagi festivalda Uruapan shahri meri Karlos Manso otib o‘ldirildi — El Pais

Xabar berilishicha, Michoakan shtatida “O‘liklar kuni” an’anaviy festivalini nishonlash paytida noma’lum shaxslar Mansoning kortejiga o‘q uzgan. 40 yoshli mer voqea joyida jon bergan, shuningdek, shahar kengashi a’zosi va qo‘riqchilardan biri yaralangan.

Hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, hujum qilganlarning biri yo‘q qilingan, ikki nafari esa qo‘lga olingan.

Karlos Manso narkokartellarga qarshi kurashi bilan tanilgan va bir necha bor federal himoya so‘ragan edi.

Kiritildi: 14:24 02.11.2025. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!