Seysmologlar Meksikada 6,5 magnitudali zilziladan keyin 936 ta yer silkinishini qayd etdilar.
Bu haqda mamlakat Milliy seysmologiya xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan.
"2 yanvar kuni soat 20:00 holatiga ko‘ra, Gerreroning San-Markos mintaqasida sodir bo‘lgan 6,5 magnitudali zilziladan keyin 936 ta yer silkinishi qayd etilgan”, — deyiladi xabarda.
Eng kuchli zilzila 4,7 ballni tashkil etdi. Seysmik faollikni kuzatish davom etmoqda.
Asosiy zilzilaning dastlabki magnitudasi 6,5 ni tashkil qilgan. Zilzila episentri Gerrero shtatidagi San-Markos shahridan 15 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i taxminan 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer silkinishlari oqibatida Mexiko shahrida 12 kishi jabrlandi.