Meksikaning Irapuato shahrida 26 yoshli futbolchi Luis Alberto Rios Chaves qurolli hujum oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Fojia 22 noyabr kuni futbol maydonida sodir bo‘lgan. Hujum natijasida yana bir kishi jarohatlangan.
Chaves faoliyati davomida Meksikaning havaskorlar ligalari va uchinchi divizionida to‘p tepgan. U "Atletiko San-Fransisko" safida mamlakatning uchinchi divizioni chempioni bo‘lgan.
Futbolchi so‘nggi vaqtlarda "Arandas" klubi sharafini himoya qilib, havaskorlar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etayotgandi.