Meksika va Gvatemala chegarasida harbiylar adashib, bir guruh migrantlarni otib tashladi
Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Taxminlarga ko‘ra, migrantlar yuk mashinalarida ketayotgan bo‘lgan, ular kontrabandachilar yordamida chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Meksika armiyasi askarlari ularga qarata o‘t ochdi. 6 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi. Mamlakat rasmiylarining tushuntirishicha, harbiylar migrantlarni narkotik kartellari jinoyatchilari deb o‘ylashgan.