Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Meksika prezidenti Trampning AQSh qo‘shinlarini yuborish taklifini rad etdi

Meksika prezidenti Trampning AQSh qo‘shinlarini yuborish taklifini rad etdi

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakatdagi narkotik kartellariga qarshi kurashish uchun Meksika hududiga Amerika qo‘shinlarini yuborish taklifini qat’iy rad etdi.

Milliy saroyda o‘tkazilgan kundalik matbuot anjumanida Sheynbaum Trampning taklifini tanqid qilib, bu masala muhokama qilinmasligini bildirdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Meksika AQSh bilan hamkorlikka ochiq, biroq suverenitetga tajovuz qilmaydigan shakldagi ma’lumot almashinuvi bilan cheklanishi mumkin.

«Trampga bir necha bor aytganman: biz hamkorlik qilishimiz mumkin, ularda mavjud ma’lumotlarni baham ko‘rish orqali bizga yordam berishi mumkin. Lekin o‘z hududimizdagi operasiyalarni o‘zimiz amalga oshiramiz. Biz hech qanday xorijiy hukumatning aralashuvini qabul qilmaymiz», — dedi Sheynbaum.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Tramp bilan telefon muloqotlari chog‘ida ham qo‘shin yuborish taklifini rad etgan.

«Prezident Tramp buni necha marta taklif qilganini sanab bo‘lmaydi. U “kerak bo‘lsa, Meksikaga AQSh qo‘shinlarini yuborishga tayyormiz”, deb bir necha bor aytgan. Men esa faqat hamkorlikka tayyorligimizni bildirganman», — dedi u.

Sheynbaum mamlakat suverenitetini himoya qilish ulkan ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

«Bizdagi kelishuvlar hamkorlik va muvofiqlashtirishga asoslanadi. Birinchi va asosiy shart — suverenitet va hududiy yaxlitlikka hurmat. Biz hech qanday bo‘ysunish shaklini qabul qilmaymiz va hech qaysi xorijiy hukumatning aralashuvini istamaymiz», — dedi u.

5 noyabr kuni Sheynbaum Tramp ma’muriyatining Meksikaga harbiy va razvedka xodimlarini yuborishni rejalashtirayotgani haqidagi da’volarni rad etgan edi va mamlakat «har qanday aralashuvga qarshi» ekanini qayd etgan.

Bir kun oldin esa Tramp Meksikaga narkotik savdosiga qarshi kurashish maqsadida harbiylar yuborilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan, bu unga «muammo bo‘lmasligini» aytgan edi.

Kiritildi: Bugun 14:01. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!