Meksika g‘arbida kichik shaxsiy samolyot qulashi oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Xalisko shtati fuqarolik mudofaasi xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
"Yakshanba kuni tushdan keyin Michoakan shtatidagi La Parota qishlog‘idan havoga ko‘tarilgan Cessna 207 samolyoti uzoq o‘rmonli hududga qulab tushdi”, — deyiladi departament sahifasida.
Voqea joyiga yetib kelgan polisiya yettita jasad topilgani haqida xabar berdi. Halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmagan.
Samolyotda boshqa odamlar yo‘qligini tasdiqlash uchun qutqaruvchilar haligacha samolyot qoldiqlarini tozalashga muvaffaq bo‘lmadi.