Meksika BRIKSga qo‘shilmoqchi emas, dedi prezident Andres Manuel Lopes Obrador matbuot anjumanida.
“Biz bu blokda, bu uyushmada qatnashmoqchi emasmiz. Biz, albatta, boshqa davlatlarning ishtirokini olqishlaymiz, biroq iqtisodiy va geosiyosiy qo‘shnichilik nuqtai nazaridan biz Shimoliy Amerika va butun Amerika ittifoqini mustahkamlashda davom etamiz”, dedi Obrador.
Prezident o‘z ma’muriyati siyosatining ustuvor yo‘nalishi AQSH, Meksika va Kanada o‘rtasida savdo kelishuvlarini ishlab chiqish ekanligini qo‘shimcha qildi. May oyida Meksika Qo‘shma Shtatlarning eng yaqin savdo sherigiga aylandi, dedi u.