Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Mehmonlar Toshkent shahridagi “UEnter” Innovasion tadbirkorlik markazi faoliyati bilan ham tanishdi

A A A
Mehmonlar Toshkent shahridagi “UEnter” Innovasion tadbirkorlik markazi faoliyati bilan ham tanishdi

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida Bosh vazir Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi “UEnter” Innovasion tadbirkorlik markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

O‘zbekiston - Koreya Innovasion kelajak yoshlari bilan suhbatda O‘zbekiston tomoni Koreya Respublikasini muhim hamkor, ishonchli do‘st hamda strategik sherik sifatida e’tirof etishini, Oliy darajadagi yaqin va ishonchli muloqot mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi va Koreya axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish agentligining qo‘llab-quvvatlovi bilan tashkil etilgan “UEnter” Innovasion tadbirkorlik markazi Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasi asosida o‘zbekistonlik yosh tadbirkorlarga o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishlari uchun har tomonlama ko‘mak berishga mo‘ljallangan.

Koreya Prezidenti Markazning faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining samimiy dil so‘zlarini yozib qoldirdi.

Kiritildi: 00:41 14.06.2024. O'qildi: 1192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!