Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mbappening jarohatiga sabab aytildi

Mbappening jarohatiga sabab aytildi

Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasining Turkiyaga qarshi o‘yinida jarohat oldi.

Goal portali L’Equipe nashriga tayanib xabar berishicha, Fransiya termasining tibbiy shtabi Mbappe jarohatining asosiy sababi sifatida Turkiyadagi maydon holatini ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, sifatsiz maydonda Mbappe muvozanatni yo‘qotib, tizzasini noqulay harakatlantirgan va shu holat jarohatga olib kelgan.

Avvalroq matbuotda boshqa taxmin ham tarqalgan edi. Unga ko‘ra, futbolchining jarohati yangi butslar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Yaxshi tomoni, Mbappening jarohati juda jiddiy emas. Kutilishicha, "Real" hujumchisi bir necha hafta maydonga tushmaydi.

Shu bilan birga, u "Barselona"ga qarshi "el klasiko"da maydonga tushishga ulgurishi mumkin.

Kiritildi: 23:24 27.09.2026. O'qildi: 206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!