Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Mbappe narx bo‘yicha Yamalni quvib yetdi

Mbappe narx bo‘yicha Yamalni quvib yetdi

Juma kuni "Transfermarkt" portali mutaxassislari Ispaniya La Ligasida to‘p tepayotgan futbolchilar narxini yangiladi. "Real" forvardi Kilian Mbappe 20 million yevroga qimmatlashdi va endi 200 million yevroga baholanmoqda.

La Liganing eng qimmat o‘yinchilari reytingida Mbappe Lamin Yamalga yetib oldi - "Barselona"ning iste’dodli vingeri hamon 200 millionga baholanmoqda.

Kuchli uchlikni Jud Bellingem yakunlamoqda, garchi u 20 million yevroga arzonlashgan bo‘lsa ham. Bellingemning yangi narxi - 160 million.

Keyingi o‘rinlarda Vinisius Junior (150 mln yevro), Pedri (140), Federiko Valverde (120), Xulian Alvares (100), Arda Gyuler (90), Rafinya (80) va Pau Kubarsi (80) bormoqda.

Kiritildi: 18:40 12.12.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!