Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasining faqatgina muhim o‘yinlarida o‘ynashni xohlamoqda.
25 yoshli forvard 2025 yilda France Football jurnali talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan "Oltin to‘p"ni olmoqchi.
Fransiya terma jamoasi sardori bo‘lmish Mbappe tiklanishga yetarli vaqt bo‘lishi va jarohatlardan qochish uchun milliy jamoaning faqatgina muhim o‘yinlarida ishtirok etmoqchi.
Oldinroq, "Real" hujumchisi UYEFA Millat ligasi doirasida Fransiyaning Isroil (4:1) bilan o‘yini vaqtida Stokgolmdagi restoran va tungi klubga borgandi. Unga jarohatdan tiklanishga vaqt berish uchun milliy jamoaga chaqirilmagandi.