Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) "Lill"ning fransuz yarim himoyachisi Etan Mbappeni 2026/2027 yilgi mavsum Chempionlar ligasining uchta o‘yiniga diskvalifikasiya qildi.
Bu haqda tashkilot bayonotiga tayanib RMC Sport xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli fransuz eng nufuzli yevrokubok musobaqasi umumiy bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Ispaniyaning "Betis" klubiga qarshi o‘yinda (2:3) to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi. Mbappe Sevilya jamoasi himoyachisi Natanga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan. Uchrashuv bosh hakami Georgi Kabakov videotakrorni tomosha qilgach, futbolchini maydondan chiqarib yuborgan.
Diskvalifikasiya sababli Mbappe Chempionlar ligasidagi "Arsenal", "Galatasaray" va "Budyo-Glimt"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.