Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Mayk Tayson duch kelishni istamaydigan yagona jangchini aytdi: «Unga nisbatan hech kimda imkoniyat yo‘q»

Mayk Tayson duch kelishni istamaydigan yagona jangchini aytdi: «Unga nisbatan hech kimda imkoniyat yo‘q»

Aytish joizki, Mayk Tayson og‘ir vazndagi karerasi davomida hech qachon hech kimdan qo‘rqmagan.

U atigi 20 yoshida og‘ir vazn toifasidagi eng yosh jahon chempioni bo‘lgan yagona bokschi bo‘lib qolmoqda. U kamarini ko‘p marta himoya qilgan va 1987 yildan 1990 yilgacha uchta kamar bo‘yicha so‘zsiz chempion sifatida hukmronlik qilgan.

«Temir Mayk» o‘z karerasida Evander Xolifilddan Lennoks Lyuisgacha va Maykl Spinksdan Larri Xolmsgacha ko‘plab mashhur nomlar bilan kurashgan.

Tayson yosh yigit — Jek Pol bilan jang qilishdan qo‘rqmaganini ko‘rsatdi, biroq ESNEWS nashriga bergan intervyusida u hozirgi davr jangchisi - «meksikalik monster» Devid Benavidez bilan to‘qnash kelishdan «qo‘rqishini» tan oldi.

"Uni juda past baholashadi. Eshiting, agar men o‘sha divizionda bo‘lganimda, men ham u bilan jang qilishdan qo‘rqqan bo‘lardim. Unga qarshi hech kimning imkoniyati ham yo‘q, men esa faktlarni gapiryapman”.

Kiritildi: 19:25 06.09.2024. O'qildi: 61384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!