Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Maxfiy ma’lumotlarni xorjiy davlatga topshirishga uringan Pentagon xodimi buni Tramp ma’muriyati bilan kelishmovchiliklar bilan izohladi

Maxfiy ma’lumotlarni xorjiy davlatga topshirishga uringan Pentagon xodimi buni Tramp ma’muriyati bilan kelishmovchiliklar bilan izohladi

AQSh Adliya vazirligining xabar berishicha, Pentagonning Razvedka boshqarmasida ishlovchi IT-mutaxassisi milliy mudofaaga doir ma’lumotlarni xorijiy davlat hukumatining vakiliga yetkazmoqchi bo‘lganlikda gumonlanib qo‘lga olingan.

Federal qidiruv byurosi (FQB) mart oyida 28 yoshli Neytan Vilas Latchning AQSh bilan “do‘stona” aloqalarg ega mamlakatlardan birining hukumatiga maxfiy ma’lumotlarni berishga tayyor ekanidan xabardor bo‘lgan. FQB gap qaysi mamlakat haqida ekaniga aniqlik kiritmagan.

FQB xodimi o‘zini o‘sha mamlakat vakili sifatida tanishtirib, Latch bilan yozishmalar olib borgan.

"Men AQSh prezidenti ma’muriyatining harakatlaridan noroziman. Shu sababli, maxfiy ma’lumotlarni chet el fuqaroligi yoki boshqa biror to‘lov evaziga baham ko‘rishga tayyorman", —deb yozgan Pentagon xodimi xatlaridan birida.

Kiritildi: 22:13 30.05.2025. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!