Ijtimoiy tarmoqlarda Matiz yonib ketishi oqibatida yo‘l yoqasidagi dalaga ham o‘t ketganligi bo‘yicha xabarlar tarqaldi.
Bu bo‘yicha Samarqand viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Shu yilning 12 iyul kuni soat 16:28 da Samarqand tumani "Yangi ariq" MFY hududidan harakatlanib ketayotgan fuqaro J.O boshqaruvida bo‘lgan "Matiz" rusumli avtomobilda yong‘in chiqishi oqibatida yo‘l yoqasidagi I.A.S. fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan yerda yong‘in sodir bo‘lganligi haqida viloyat FVB ga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta Yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilib, soat 16:37 da yong‘in o‘rab olindi va soat 17:18 da batamom o‘chirildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar aniqlanmadi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.